Davlat soliq xizmati organlari xodimlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan sport tadbirlari muntazam ravishda oʻtkazib kelinadi.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 27-aprel kun Soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi xodimlari oʻrtasida oʻtkazildi. Unda Markaz xodimlaridan iborat 8 ta jamoa sportning mini-futbol turi boʻyicha musobaqalashdi.
Qizgʻin va murosasiz bellashuvlarga boy oʻtgan musobaqada, 1-oʻrinni “Backend” jamoasi egalladi. Shuningdek, “Interaktiv” jamoasiga 2-oʻrin, “Frontend” jamoasiga esa 3-oʻrin nasib etdi.
Musobaqa yakunida tashkilotchilar tomonidan gʻoliblarga maxsus diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi.