Respublika boʻyicha 4-sektorlarda 2 158 ta mahalla, 1,6 mln ta xonadon bor. Ularda 2,2 mln ga yaqin oila istiqomat qiladi, aholi soni 8,3 mln nafarni tashkil etadi.
2024-yilning I choragi davomida respublika boʻyicha 4‑sektorlarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oila va fuqarolar boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Jumladan, 1 443 nafariga toʻlov kontraktlari toʻlab berildi, 415 nafari kelajak kasblariga va boshqa kasb-hunarlarda oʻqitildi, 344 nafariga asbob-uskunalar olib berildi, 316 nafariga tibbiy xizmat koʻrsatildi, 56 nafariga safarbarlik chaqiruv xarajatlari qoplab berildi, 10 nafariga ijara asosida yer ajratildi va 961 nafariga boshqa yordamlar koʻrsatildi.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi