Yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning soliq solish bazasi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorda belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq hisoboti joriy soliq davrining 1-mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida beriladi.
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ro‘yxati, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va ularni hududiy joylashtirish sxemasi tashkilot — yer resurslari va davlat kadastri bo‘yicha ushbu tuman (shahar) bo‘limlari bo‘yicha ishlarni bajaruvchilar tomonidan tuziladi hamda ular bilan kelishuvdan o‘tkaziladi.
“Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom
Agar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar hisobotida noto‘g‘ri aks ettirilgan bo‘lsa, buni bartaraf etish uchun my3.soliq.uz portali “Alohida soliq stavkalari qo‘llaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari” interaktiv xizmatining “Qishloq xo‘jaligi maqsadida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun” bo‘limi orqali soliq organlarini xabardor etish lozim.
Izoh: Murojaatga yer ajratish to‘g‘risidagi qaror va kadastr organlarining qishloq xo‘jaligi yer uchastkasi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotini ilova qilish lozim.