O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida o'tgan yig'ilishda Kengash a'zolari, Soliq qo’mitasi Raisi Sh.Kudbiyev, palata raisi D.Vaxobov hamda boshqa aloqador vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Unda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgunga qadar muhokama qilindi.
Xususan, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga qaratilgan soliq nazorati, QQS salbiy farq summasini qaytarish, yuridik shaxslar ko‘chmas mulki uchun minimal stavkalar belgilash, yirik soliq to‘lovchilar ma'murchiligi va boshqa shu kabi takliflar yuzasidan tadbirkorlik subyektlari vakillarining fikr va mulohazalari tinglandi.
Kengash a'zolari hamda soha mutaxassislarining qizg‘in va konstruktiv muloqoti yakunida bildirilgan taklifrar asosida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini takomillashtirishga kelishib olindi.
Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati