Buning uchun ijaraga beruvchi shaxs ijara shartnomasini hisobga qoʻyish jarayonida “Tovar aylanmadan ijara toʻlovi” tugmasiga belgi qoʻyishi hamda tovar aylanmasidan toʻlanadigan ijara toʻlovi stavkasini koʻrsatishi lozim.
Agar ijara toʻlovi belgilangan minimal stavkadan past boʻlsa, ijaraga berishdan olingan daromad uchun soliq oylik ijara toʻlovining minimal stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
2024-yil uchun ijara toʻlovlarining minimal stavkalari
Ijaraga oluvchi tomonidan shartnoma tasdiqlangach u soliq organlarida hisobga qoʻyiladi. Hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada ijara toʻlovi tovar aylanmasidan hisoblanishi to‘g‘risidagi ma'lumot hamda ijara toʻlovi stavkasi aks etadi.
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ma’muriyatchiligi boshqarmasi