2024-yilning yanvar-aprel oylari davomida jami 18 678 ta murojaat ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 619 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari, 119 tasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali, 462 tasi Bosh prokuratura “Ishonch telefoni”, 1 466 tasi qo‘mita “Ishonch telefoni” orqali va 16 012 tasi bevosita kelib tushgan.
Tushgan murojaatlarning 3 171 tasi qanoatlantirilgan, 13 062 tasi huquqiy maʼlumot va tushuntirish berish orqali hal etilgan, 22 tasi qonun talablariga muvofiq bo‘lmaganligi uchun ko‘rmasdan qoldirilgan, 86 tasida keltirilgan holatlar o‘rganish jarayonida o‘z tasdig‘ini topmagan, 102 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa vazirlik va idoralarga yuborilgan bo‘lsa, hisobot davrida 2 235 tasi ko‘rib chiqish jarayoni (nazorat)da bo‘lgan.
Tashkiliy ishlar va nazorat boshqarmasi