Жавоб
Soliq kodeksining (yangi tahriri) 339-moddasiga asosan soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim qilinadi:
1) hisobot davri yakunlari boʻyicha - hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari boʻyicha - soliq davri oʻtgandan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
Koʻrinib turibdiki, doimiy muassasalar orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar tomonidan foyda soligʻi hisoboti har chorakda chorakdan keyingi oyning 20 sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi.