2024-yil 1-may holatiga O‘zbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 563,1 mingtani tashkil etdi. Shundan 28 750 tasi yanvar-aprel oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.
Yuridik shaxslar faoliyat turlari bo‘yicha TOP-5 sohalar:
savdo – 147,8 mingta;
qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi – 125,3 mingta;
sanoat – 65,5 mingta;
qurilish – 34,2 mingta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 27,3 mingta.
Izoh. 9 oy mobaynida bank operatsiyalarini amalga oshirmagan va soliq hisobotlarini taqdim etmagan tijorat tashkilotlari avtomatik nofaol holatga oʻtadi.
Soliq toʻlovchilarni hisobga olish va hisobini yuritish boʻlimi