Joriy yil 3-maydan 10-mayga qadar davom etadigan mazkur tashrif doirasida tashkil etilayotgan ikki tomonlama uchrashuvlarda har ikki davlat soliq qonunchiligining yangi meyorlarini qabul qilish masalalari, xususan, soliqqa tortish tizimlarining xususiyatlari, soliq nazorati va soliq xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish masalalari muhokama qilinmoqda.
Tomonlar, shuningdek, ichki soliq siyosati qoidalarini va xalqaro soliqqa tortishning zamonaviy muammolariga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma yondashuvlarni ishlab chiqishda ikki mamlakat soliq ma’murchiligi o‘rtasida muntazam va tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qilmoqda.