Davlat soliq qo‘mitasi konsalting tashkilotlaridan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish yuzasidan eng yaxshi takliflarni qabul qiladi.
Takliflar soliq to‘lovchilarga axborot tizimidan foydalanishda qulayliklar yaratishga qaratilgan bo‘lishi lozim, shuningdek, mazkur takliflar asosida axborot tizimi bosqichma-bosqich takomillashtirib boriladi.
Takliflar quyidagi shartlar bo‘yicha berilishi lozim:
✔️axborot tizimining ishlash sxemasi;
✔️axborot tizimida ishlash samaradorligi;
✔️tovar-moddiy resurslarini kirim qilish tartibi;
✔️ma’lumotlar shakllanishi;
✔️tovar-moddiy resurslarining chiqim qilish shartlari;
✔️tovar-moddiy resurslarining chiqim qilish tartiblari.
Axborot tizimi yuzasidan takliflar joriy yilning 7-mart kuni soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etuvchilar o‘z ma’lumotlarini: 100011 Toshkent, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-a uy, org@soliq.uz yoki Anvar.Ne'matov@soliq.uz manziliga yuborishlari mumkin.