Davlat soliq qo‘mitasi konsalting tashkilotlarini “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish yuzasidan eng yaxshi takliflar tanloviga taklif etadi.
Takliflar soliq to‘lovchilarga axborot tizimidan foydalanishda qulayliklar yaratishi lozim bo‘ladi, shuningdek, mazkur takliflar asosida axborot tizimi bosqichma-bosqich takomillashtirib boriladi.
Axborot tizimi yuzasidan takliflar joriy yilning 1-mart kuni soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etuvchilar o‘z ma’lumotlarini: 100011 Toshkent, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-a uy, org@soliq.uz yoki Anvar.Ne'matov@soliq.uz manziliga yuborishlari mumkin.