Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi tomonidan joriy yilda kompyuter texnikalarini (monoblok, printer) xarid qilish rejalashtirilgan boʼlib, mazkur xaridlar uchun Oʼzbekiston Respublikasining 2018 yil 9 apreldagi “Davlat xaridlari toʼgʼrisida”gi Qonuniga asosan konsalting va tender oʼtkazish xizmatlaridan foydalanish zaruriyati tugʼilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, konsalting va tender oʼtkazish xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan oʼz tijorat takliflarini (xizmatlar tasniflari va narxlari) taqdim etish muddati
2020 yilning 24 mart kuniga qadar belgilanganligi eʼlon qilinadi.
Takliflarni taqdim etish manzili: Toshkent shahar А.Qodiriy koʼchasi 13 a uy.