Soliq xizmati organlari tomonidan joriy yil 19-27 yanvar kunlari 2023-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha onlayn-seminarlar o‘tkaziladi.
Seminarlar respublikamizning barcha hududlarida videokonferensaloqa (ZOOM) vositasi orqali o‘tkaziladi.
Seminarlar o‘tkazilish vaqti va ulanish uchun login/parol haqida ma'lumotlar - https://soliq.uz/storage/files/January2023/00000000858c3fb50185c4f227d40020.pdf
Shuningdek, onlayn-seminar o‘tkazilishi haqidagi eʼlonlar hududiy soliq organlari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham joylashtirib boriladi.