2022-yil 9-avgust
- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risida soliq organlariga ma’lumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi);
- aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik soliq summasining 1/4 qismini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);
- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);
- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi).