Davlat soliq qo‘mitasi maʼlumotlar bazasi negizida markaziy maʼlumotlar bazasi ishga tushirildi. (VM-539-son qarori, 4.09.2020-yil).
Unga 503 391 ta yuridik shaxs hisob ma’lumotlari kiritilgan.
Bazadagi yuridik shaxslar hisob ma’lumotlari, ayniqsa, ta’sischi haqidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi soliq xizmatlari ko‘rsatishda va soliq nazoratini amalga oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Shunga asosan, bazaga kiritilgan yuridik shaxslar hisob ma’lumotlari xatlovdan o‘tkazildi.
Xatlov natijalariga ko‘ra yiridik shaxslarning 496 505 tasi ta’sischi ma’lumotlarini kiritganligi ma'lum bo‘ldi. Shundan:
▫️483 005 ta korxonaning ta’sischi ma’lumotlari batafsil aks ettirilgan.
▫️13 500 ta korxona ta’sischi ma’lumotlari to‘liq ko‘rsatilmagan. Shu jumladan 1 738 tasida JShShIR, 10 530 tasida STIR aks ettirilmagan.
Muhim! Korxonalarda ta’sischi ma’lumotlari to‘liq bo‘lmasligi kelgusida soliq xizmatlaridan foydalanishda, QQS guvohnomasining to‘xtatib qo‘yilishi, EHF rasmiylashtirish va boshqa xizmatlardan foydalanish hamda majbiruyatlarni o‘z vaqtida bajarishda muammolar keltirib chiqarishi mumkin.