2023-yil yanvar-fevral oylarida onlayn-NKT orqali tovar realizatsiyasi hajmi 39 trln so‘mdan oshdi
27/03/2023
Joriy yilning 2 oyi davomida:
onlayn-NKTdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari soni 175 073 tani tashkil etib, ular tomonidan savdo shoxobchalariga 216 877 ta onlayn-NKT o‘rnatilgan;
Onlayn-NKT orqali 149,1 mlnta chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 39,2 trln so'mni tashkil etdi.
O‘tgan yil mos davriga nisbatan:
onlayn-NKTdan foydalanadigan tadbirkorlik subyektlari 13 646 taga yoki 9%;
onlayn-NKTlar soni 13 656 taga yoki 7%;
cheklar soni 44 331 taga yoki 42%;
tovar aylanmasi esa 15,1 trln so‘mga yoki 63% o‘sdi.