O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Alisher Nosirovich Boyxanov Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan Namangan viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan tanishtiruv marosimida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzoqov ishtirok etdi.
A.Boyxanov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
A.Boyxanov 1972-yilda tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
U mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Adxamjon Tillavoldiyev o‘rnida ish boshladi.
Alisher Boyxanov Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi