Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etilayotgan yutuqli chek o‘yinlarining birinchi tirajiga atiga bir kun qoldi. Yutuqli o‘yin ertaga – 22-iyul kuni MY5 (Mening yurtim) telekanalida soat 16:00da boshlanadi.
Yutuqli chek o‘yinlarning birinchi tirajida quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:
3 dona televizor;
3 dona kir yuvish mashinasi;
3 dona konditsioner;
3 dona gaz plitasi;
3 dona dazmol;
4 dona velosiped.
Asosiy sovrin – Chevrolet Nexia 3 ham o‘z sohibini kutmoqda.
Muhim! Qimmatbaho sovrinlar o‘yinida chekning aslini butun holatda saqlab qolgan haqiqiy egasi ishtirok etadi. Yaroqsiz holdagi chek yoki uning nusxasi haqiqiy hisoblanmaydi. Bunday cheklar mukofot berish uchun asos bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki yutuqli o‘yinlarda faqat Toshkent shahridagi savdo nuqtalarida o‘rnatilgan onlayn NKM va virtual kassalardan berilgan QR kodli cheklar ishtirok etadi. Bu kabi sovrinli o‘yinlar kelgusida butun mamlakat miqyosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
21-iyul (soat 23:59)gacha ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar faqat birinchi tirajda ishtirok etadi. 22-iyuldan boshlab berilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar DSQ yutuqli chek o‘yinlarining ikkinchi tirajida ishtirok etadi.