Sizlarga aytadiganim – hayotda har doim eng yuksak cho‘qqilarni zabt etishni maqsad qiling, olg‘a intiling, dadil qadam tashlang.
Bunda mehnatkash va mas’uliyatli bo‘ling! Qaysi sohani tanlasangiz ham yutuqlar, omad va yuqori natijalarning oltin qoidasi aynan shu ikkita omildir - mashaqqatli mehnat va yuksak mas’uliyat!
Albatta biznesmi, davlat xizmatimi yoki ijodmi, barcha harakatlarimiz zamirida – Vatanimiz va xalqimizni yaxshi ko‘rish bo‘lishi kerak! Ana o‘shanda yuksak marralar sizniki bo‘ladi.
Boshlanayotgan mustaqil hayotingizda ulkan zafarlar tilayman. Maqsadingiz aniq, yo‘lingiz ravon, manzilingiz muvaffaqiyatli bo‘lsin!
Omad sizlarga hamisha yor bo‘lsin!
Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri