kirill alifbosida o‘qish
2020-yil 22-iyulda bo‘lib o‘tadigan birinchi yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklarning soni bugun soat 16:00 holatiga ko‘ra, 9 mingdan oshdi.
Qancha chek ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqida soliq.uz va ofd.uz saytlari orqali real vaqt rejimida bilish mumkin.
Diqqat! dastlabki tiraj uchun cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish bugun – 21-iyul kech soat 23:59 da yakunlanadi. 2020-yil 22-iyuldan boshlab berilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar esa ikkinchi tirajda ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, yutuqli o‘yinda chekning faqat haqiqiy egalari sovrindor bo‘lishi mumkin. Yaroqsiz – buklangan, yirtilgan va chizilgan cheklar hamda chekning nusxasi haqiqiy hisoblanmaydi. Fursatni boy bermang! Chekni ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurib qoling va omadingizni sinab ko‘ring!
DSQ Matbuot xizmati