O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-419-son qaroriga muvofiq buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to'g'risidagi Nizomga o'zgartirishlar kiritildi. Ushbu o'zgarishlar Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 27-martda 1297-6-son bilan roʻyxatga olindi.
Kiritilgan o'zgarishlar elektron hujjat aylanishi tizimini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, jumladan:
tovar-moddiy zaxiralar va pul mablag‘lari bo‘yicha xo‘jalik ichidagi operatsiyalar ishtirokchilarini, shuningdek, ish beruvchi va xodimlar o‘rtasida identifikatsiyalash ta‘minlangan taqdirda, axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda hisobga olish hujjatlarini yuritishga ruxsat beriladi;
soliq xizmati va statistika organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni saqlash va arxivga topshirish bo'yicha majburiy talab bekor qilinadi.
Shuningdek, 2023-yil 30-apreldan boshlab O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi kuchga kirishi munosabati bilan (yangi tahrirda) to'liq moddiy javobgarlik shartnomasini tuzish qismiga o'zgartirishlar kiritildi.