Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4 A-uy
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 79-a-uy
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Davlat soliq qoʼmitasi raisi Surxondaryoda sayyor qabul oʼtkazdi

17/12/2019

Mamlakatimiz Prezidenti topshirigʼi asosida davlat idoralarining bevosita birinchi rahbarlari hududlarga chiqqan holda, fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib, aholini qiynab kelayotgan muammoli masalalarga yechim topishga yordam bermoqdalar.


Аna shunday sayyor qabullardan biri kuni kecha Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi raisi Behzod Musaev tomonidan Surxondaryo viloyati Sherobod tumanining “Oltin voha” mahalla fuqarolar yigʼinida aholi va tadbirkorlik subʼektlari vakillari uchun tashkil etildi.

Sayyor qabulda ishtirok etgan aholi va tadbirkorlik subʼektlari vakillarining turli masalalarga oid 56 ta murojaatlari koʼrib chiqildi. 21 tasi joyida hal etilib, 5 ta murojaat yuzasidan asosli tushuntirishlar berildi. 30 ta murojaat ijrosi uchun muddatlar belgilanib, tegishli tashkilot va idoralar tomonidan bajarilishi nazoratga olindi.

Tumanning “Bahor” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan bir guruh fuqarolar murojaat qilib, mahalladagi artezian qudigʼining suv nasosi kuyib qolgani uchun 2 yildan beri suvni sotib olib ichayotganligini bildirdi. Suv nasosi yangisiga almashtirilib, 350 xonadon suv bilan taʼminlandi.


“Xoʼjgi” qishlogʼidan kelgan 10 dan ortiq fuqarolar elektr toki pastligidan aziyat chekayotganligini bildirishdi. Ularning ushbu muammolari bartaraf etiladigan boʼldi. Mazkur qishloqda yashovchi 200 dan oshiq xonadonni elektr toki bilan taʼminlaydigan 10 000 vatt quvvatga ega yangi transformator oʼrnatilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

– Mahallamizning yoʼli qishda loy, yozda chang boʼlib ketadi, – dedi “Oyinli” mahallasida yashovchi fuqaro Farogʼat Xoʼjamurodova. – Bugun sayyor qabulda ayni shu masalada yordam soʼradim. – Murojaatim ijobiy hal etildi. Shu kunning oʼzida mahallamiz koʼchasiga tosh-shagʼal yotqizish ishlari boshlab yuborildi. Biz juda hursand boʼldik. Sababi yillar davomida hal etilmagan ushbu muammo oʼz yechimini topdi.

Sayyor qabul davomida 10 nafar fuqaroga gaz plitasi, 10 nafar fuqaroga elektr pech, 2 nafar fuqaroga davolanishi uchun imtiyozli order berildi. 4 nafar nogironligi bor shaxslarga nogironlik aravachalari, 2 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalar bandligini taʼminlash orqali daromadlarini oshirishlari uchun tikuv mashinasi berildi.


– Mening yoshim 23 da. Taqdir ekan, yosh holimda nogiron boʼlib qoldim, – deydi “Mehnatobod” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan fuqaro Feruza Qodirova. – Yaratganga shukr, qoʼllarim butun, oʼtirgan holda bemalol ishlashim mumkin. Shu maqsadda tikuvchilik oʼquv markazida oʼqidim, tikuvchilik sirlarini oʼrgandim. Oilaviy sharoitimiz ogʼirligi uchun nogironlik aravachasi ham tikuv mashinasi ham ololmaganman. Bugun ikkita muammom hal boʼldi. Davlat soliq qoʼmitasi raisi murojaatimni tinglab, menga nogironlik aravachasi va tikuv mashinasi berdi. Oʼzimda yoʼq hursandman. Endi tikuvchilik bilan shugʼullanib, daromad topadigan boʼldim, oilamizga ham nafim tegadigan boʼldi. Endi mana bu nogironlik aravachasida bemalol uydan tashqariga, qoʼshnilarnikiga chiqaman, koʼngil yozib, tevarak-atrofni tomosha qilaman.

Qabul jarayonida Yangi yil bayrami yaqinlashayotganligi munosabati bilan aholiga arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi. Uy roʼzgʼori uchun kerakli mahsulotlar hamda koʼmir arzon narxlarda sotildi.


Shuningdek, Davlat soliq qoʼmitasi raisi 5 ta kam taʼminlangan oilalarda ham boʼlib, ularning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishib oziq-ovqat mahsulotlari bilan amaliy yordam koʼrsatdi.

– Bugun bizning xonadonimizga kelib holimizdan xabar olishdi. Bir necha turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi mahsulotlari berishdi, – deydi tumaning “Gʼambur” mahallasida yashovchi fuqaro Shoxista Qulsoatova. – 2018 yil Turmush oʼrtogʼim avtohalokatga uchrab, nogiron boʼlib qoldi. Shu sabab oilaviy sharoitimiz qiyinlashib qoldi. 3 nafar nafar farzandim bor, oʼzim ishlamayman, turmush oʼrtogʼimni nafaqa puliga kun kechiramiz. Buni inobatga olib, koʼrsatilgan bunday yordamdan juda hursandman. Bitmagan uyim uchun ham zarur boʼlgan qurilish mahsulotlarini olib berishda yordam koʼrsatiladigan boʼldi.


Аytish kerakki, hududlardagi muammolarni aniqlash va ularning tezkor yechimini topish yuzasidan olib borilayotgan ishlar oʼzining ijobiy samarasini bermoqda. Bu esa xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilayotganidan dalolatdir.

                 

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2023-yil I choragida Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring