Davlat soliq qo‘mitasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati hamda hududiy soliq organlari rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.
Unda Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkat Ayupov qatnashdi va asosiy qonunga taklif etilayotgan 200 dan ortiq o‘zgartirishlar, shuningdek, 16 ta yangi normalar kiritishni nazarda tutuvchi 6 ta yangi moddaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yig‘ilganlarga tushuntirib berdi.
Tadbirda Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati hamda hududiy soliq organlari rahbar va xodimlari ham ishtirok etib birinchi o‘qishda qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida atroflicha maʼlumot olishdi.
Mamlakatimizda joriy yil 25-iyundan 5-iyulga qadar “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi o‘tkazilmoqda.
Joylarda keng jamoatchilik ishtirokida qizg‘in muhokama va suhbatlar tashkil etilyapti.
Qatnashchilarning konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari va takliflari yozib olindi.