Joriy yilning 1 oktyabr holatiga jami 56 096 ta murojaat ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 25 471 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari, 137 tasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari, 445 tasi Bosh prokuratura “Ishonch telefoni”, 2 276 tasi qo‘mita “Ishonch telefoni” orqali va 27 767 tasi bevosita kelib tushgan.
Tushgan murojaatlarning 18 978 tasi qanoatlantirilgan, 34 319 tasi huquqiy ma’lumot va tushuntirish berish orqali hal etilgan, 85 tasi qonun talablariga muvofiq bo‘lmaganligi uchun ko‘rmasdan qoldirilgan, 803 tasida keltirilgan holatlar o‘rganish jarayonida o‘z tasdig‘ini topmagan, 319 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa vazirlik va idoralarga yuborilgan bo‘lsa, hisobot davrida 1 592 tasi ko‘rib chiqish jarayoni (nazorat)da bo‘lgan.