Joriy yilning 15-avgustida Innovatsion rivojlanish vazirligida start olgan mazkur haftalikda Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmalari direktorlari, Fiskal institut, “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi va Kadastr agentligi rahbariyati ishtirok etmoqda.
Haftalik tadbirlari doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliq va kadastr tizimini innovatsiya va raqamlashtirish orqali rivojlantirish” mavzusida ilmiy-texnik taqdimotlar o‘tkaziladi.
Unda Fiskal institutda taʼlim va ilmiy ishlarga innovatsiyalarni joriy etish holati, soliq tizimini raqamlashtirish va bunda “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazining roli, geodeziya, kartografiya va iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlarini qo‘llash amaliyoti va tartiblari haqida taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.