Davlat soliq xizmati organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, hududlardagi muammolarini oʻrganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida soliq toʻlovchilar murojaatlari ogʻzaki, yozma va elektron koʻrinishda qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan.
Xususan:
DSQ markaziy apparatida elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar – 65 564 ta.
Shundan:
🖥 elektron – 59 761 ta - 91%;
☎️ogʻzaki – 3 227 ta - 5%;
📝yozma – 2 579 ta - 4%.
DSQ ijtimoiy tarmoqlari orqali 9 208 ta murojaat yoʻllangan.
Shundan:
▫️javob berilgan – 9 204 ta – 99,9%;
▫️oʻrganish jarayonida – 4 ta – 0,1%
DSQ Call-markaziga jami 792 375 ta murojaat yoʻllangan.
Shundan:
📈eng koʻp murojaat Toshkent shahridan – 326 454 ta;
📉eng kam murojaat yirik soliq toʻlovchilar tomonidan yoʻllangan – 968 ta.
Davlat soliq xizmati organlariga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan jami murojaatlar – 867 147 ta
Batafsil infografikalarda 👆