Davlat soliq xizmati organlarining
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ochiq ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha
Q O‘ L L A N M A
Davlat soliq xizmati organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega ochiq ma’lumotlari bilan Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (soliq.uz)da muntazam ravishda joylashtirib boriladi.
Buning uchun soliq.uz saytining bosh sahifasidagi “Ochiq qo‘mita” bo‘limi tanlanadi.
Ochilgan sahifadan kerakli bo‘lim tanlanadi.
Bu yerda “Budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar”,
“DSQning ochiq ma'lumotlari”,
“Ochiq ma'lumotlar portaliga joylashtirilgan DSQning ochiq ma'lumotlari”
bo‘limlaridan birini tanlab kerakli ma’lumotni yuklab olish mumkin.