Территориальные
органы

Fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig'i to'g'risida SMS orqali xabardor qilinmoqda

13/04/2024

Soliq to‘lovchilar jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etadi

Soliq kodeksi 397-modda 

Agar jismoniy shaxs tomonidan mazkur deklaratsiya belgilangan muddatda taqdim etilmasa, soliq organi soliq summasini oʻzidagi mavjud axborot asosida hisoblashga haqli. Shunga asosan toʻlanishi lozim boʻlgan va hisoblangan soliq summasi toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga SMS-xabarnoma yuborilmoqda. 

Xabarnomalarda 2023-yilda olgan daromadlari boʻyicha joriy yilning 1-apreliga qadar deklaratsiya taqdim etmagan soliq toʻlovchilarga (noturar obyektlari va 36 kalendar oyidan kam muddatda mulkida boʻlgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi boʻlmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari boʻyicha) hisoblangan soliq summasi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud.

SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” yozuvi bor. “Batafsil” yozuvi orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.

“To‘lash” yozuvi bosilganda esa Soliq mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.

Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.

Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas. 

Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Основные показатели

Посмотреть все

Обращения в налоговые органы

Оценка полученных ответов на обращения, поступившие на единый номер во II квартале 2024 года
  • 1 оценка
  • 2 оценка
  • 3 оценка
  • 4 оценка
  • 5 оценка
Посмотреть все
Оставьте Ваше мнение
Powered by GSpeech

Хотите первым получать самые важные новости? Подпишитесь на уведомления!

Отправьте нам сообщение