O‘zbekistonda 2021-yil oktabr holatiga:
Mol-mulk solig‘i to‘lovchisi sifatida 7 443 782 nafar fuqaro hisobga olingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 202 491 nafarga ko‘proq;
Yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslar esa 6 908 455 nafarni tashkil etmoqda. Bu 2020-yilga nisbatan 289 545 nafarga ko‘pdir.
20-oktabr holatiga mahalliy budjetlarga jismoniy shaxslarning:
- mol-mulk solig‘idan 702,4 milliard so‘m;
- yer solig‘idan 1 165,2 milliard so‘m kelib tushdi.
Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i to‘lanishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Xorazm, Navoiy va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlardan 1 111 256 nafar, yer solig‘i imtiyozlaridan esa 298 124 nafar fuqaro foydalanmoqda.