01.07.2022-yildan 01.01.2025-yilgacha kasanachilarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS) kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 %ga, biroq hisobot davri (bir oy)da ko‘pi bilan 1 mln so‘mgacha kamaytirgan holda hisoblanadi.
Shunga asosan, JShODS va ijtimoiy soliq hisob-kitobi 014-satr va 8-ilova bilan to‘ldirildi.
Hisob-kitobning:
Soliq kodeksining 382-moddasi 3-bandiga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, 01.05.2022-yildan norezident jismoniy shaxsning O‘zbekistondagi manbalardan oladigan daromadlariga (dividendlar, foizlar va fraxtdan olinadigan daromadlardan tashqari) JShODS stavkasi 12% miqdorida qo‘llaniladi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan JShODS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida norezident jismoniy shaxslar uchun 01.05.2022-yildan boshlab JShODSning 12% stavkasini qo‘llash imkoniyati yaratilgan.
Bunda, jismoniy shaxsning rezidentligi va norezidentligi JShODS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining 5 va 6-ilovalarida ko‘rsatiladi.
Norezident jismoniy shaxslarga 01.05.2022-yildan daromad solig‘ining 12% stavkasini qo‘llash uchun soliq hisobotining 5 va 6-ilovalarida “jismoniy shaxsning turi” ustunidan norezident tanlanadi va 01.05.2022-yildan keyin hisoblangan daromadlar ko‘rsatiladi.
Hisob-kitobning 4-ilovasi 010-satr 4-ustunida norezident jismoniy shaxslarga 01.05.2022-yilgacha hisoblangan umumiy daromadlar ko‘rsatiladi.
Norezidentlarning xalqaro tashishlarda transport xizmatlari ko‘rsatishdan olinadigan (fraxtdan olinadigan) daromadlar summasi hisob-kitobning 4-ilovasi 010-satr 5-ustunida ko‘rsatiladi.
JShODS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining 1-ilovasida ijtimoiy soliq bo‘yicha 1% stavkani qo‘llash imkoniyati yaratilgan.
Bunda, JShODS va ijtimoiy soliq hisob-kitobi 1-ilovasi (Ijtimoiy soliq hisoblanmaydigan to‘lov turlari) 0301 – 0310-satrlarida ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilangan normativ-huquqiy hujjat tanlanadi va mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarning imtiyozli qismi ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha ijtimoiy soliq bo‘yicha 1 % stavka JShODS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida aks ettirilgan.