Ҳудудий
органлар

Kameral soliq tekshiruvlari bo‘yicha 934,5 mlrd so‘mlik qarorlar Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchilar foydasiga bekor qilingan

23/01/2023

Soliq qo‘mitasi tomonidan 2022-yilda hududiy soliq organlarining kameral soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan kelib tushgan shikoyatlarning 866 tasi (1 825,5 mlrd so‘m) ko‘rib chiqilgan.

Ko‘rib chiqilgan shikoyatlarning:

  • 315 tasi (778,3 mlrd so‘m) to‘liq qanoatlantirilgan;
  • 151 tasi (156,2 mlrd so‘m) qisman qanoatlantirilgan;
  • 400 tasi (891 mlrd so‘m) qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

To‘liq va qisman bekor qilingan 934,5 mlrd so‘mlik hududiy soliq organlarining qarorlari quyidagi soliq turlariga to‘g‘ri keladi:

  • mol-mulk solig‘i (397,8 mlrd so‘m);
  • QQS (209,8 mlrd so‘m);
  • aksiz solig‘i (141,5 mlrd so‘m);
  • foyda solig‘i (118,9 mlrd so‘m);
  • yer solig‘i (14,6 mlrd so‘m);
  • boshqa soliq turlar (51,9 mlrd so‘m). 

Hududlar kesimida qo‘shimcha hisoblangan va Soliq qo‘mitasi tomonidan qayta ko‘rib chiqish natijasida bekor qilingan yirik miqdordagi soliq summalari:

Yirik soliq to‘lovchilar bo'yicha HDSI - 689,9 mlrd so‘m;

  • Toshkent sh. – 127,6 mlrd so‘m;
  • Samarqand v. – 31,2 mlrd so‘m;
  • Farg‘ona v. – 23,9 mlrd so‘m;
  • Buxoro v. – 18,6 mlrd so‘m;
  • Toshkent v. – 17,1 mlrd so‘m;
  • Qashqadaryo v. – 10,3 mlrd so‘m.


Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi

Асосий кўрсаткичлар

Барчасини кўриш

Солиқ идораларига мурожаатлар

2024 йил II чоракда Ягона рақамга қилинган мурожаатларга берилган жавоблар бўйича қўйилган баҳолар
  • 1 баҳо
  • 2 баҳо
  • 3 баҳо
  • 4 баҳо
  • 5 баҳо
Барчасини кўриш
Фикрингизни қолдиринг
Powered by GSpeech

Энг муҳим янгиликларни биринчи бўлиб олишни xоҳлайсизми? Билдиришномаларга обуна бўлинг!

Бизга хабар юборинг