O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (PQ–331-son, 25.07.2022 y.) muvofiq, mahallada tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega
🔸sanoat;
🔸hunarmandchilik;
🔸kasanachilik;
🔸chorvachilik
mikromarkazlari foydalanishga topshirilgan kundan 3 yil muddatga mikromarkazlar obyektlari va ular joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkasi 50% miqdorida qo‘llaniladi.
📌Ushbu imtiyozlar davlat soliq xizmati organlarining “E-imtiyoz” axborot tizimiga quyidagi ID-raqamlari bilan kiritilgan.
👉mol-mulk solig‘i – ID-04042
👉yer solig‘i – ID-104043