Toʻlov tizimlari va marketpleyslar soliq organlarining maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashuvi natijasida elektron savdo maydonlari va to'lov xizmatlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar uchun yil boshidan buyon 1,6 trln soʻmlik (shu jumladan, 184,4 mlrd so‘m QQS) 92,8 mln ta chek boʻyicha maʼlumotlar kelib tushdi.
Marketpleys cheklari shaxsiy kabinetda aks etadi
Eslatib oʻtamiz! 2022-yil 1-fevraldan boshlab toʻlov tashkilotlari va marketpleyslar soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan boʻlishi va operatsiyalar uchun elektron fiskal chek shakllantirishi shart.
PQ-5252-son 5-band 04.10.2021-yil
Elektron to'lovlar uchun keshbek Soliq mobil ilovasida avtomatik tarzda hisoblanadi
Ushbu mavzuda Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida O‘zbekiston Elektron tijorat assotsiatsiyasi tarkibidagi tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Muhim! Fiskal belgilarni aks ettirish yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablar yoki tartibni buzish — realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq kodeksining 227/1-moddasi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti