Yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi 100 mln so'mdan oshsa, u qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig'ini to'lashdan aylanmadan olinadigan soliq to'lashga o'tadi:
Bu holda har oyning 15-sanasiga qadar soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali aylanmadan olinadigan soliq bo'yicha hisobot topshirishi kerak.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorning yollanma xodimlari bo'lmasa, JSHODS bo'yicha hisobot topshirish shart emas.
Yakka tartibdagi tadbirkor har oyning 15-sanasidan kechiktirmay o‘zi uchun 38-kod bo‘yicha ijtimoiy soliqni shaxsiy kabinet yoki Soliq mobil ilovasi orqali to‘laydi.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorning yollanma xodimlari bo‘lsa, u har oyning 15-sanasidan kechiktirmay jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotni topshirishi hamda ular uchun 46-kod bo‘yicha daromad solig‘i va 38-kod bo‘yicha ijtimoiy soliqni to‘lashi kerak.