Jumladan, 265,5 mingta tovar (shundan 215,4 mingtasi shtrix-kodli) va 1,6 ming turdagi xizmatlarga identifikatsiya kodlari biriktirilgan.
O‘zbekiston Respublika boʻyicha 32,9 mln EHF va 593,4 mln onlayn-NKT cheki Milliy katalogda mavjud MXIKdan foydalanilgan holda shakllantirilgan.
Qulaylik uchun yangilangan tasnif.soliq.uz saytida MXIK asosida shtrix-kod va QR kodni mustaqil ravishda generatsiya qilish, shuningdek, mahsulot va xizmatlarga biriktirilgan qat'iy oʻlchov birliklarini koʻrishning texnik imkoniyati yaratildi.