O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Shuningdek, mamlakatimiz Rahbari tomonidan, “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror ham imzolandi.
Qarorga muvofiq, 01.07.2022-yildan 01.07.2025-yilga qadar ommaviy axborot vositalari foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno.