Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi hududida Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligida “Inno texnopark” MCHJ tashkil etildi.
Davlat rahbari 2022-yil 6-iyul kuni imzolagan qarorda quyidagilar nazarda tutilgan:
2022-yil 1-avgustdan 2028-yil 1-yanvargacha “Inno texnopark” MChJ va uning rezidentlari barcha turdagi soliqlarni (ijtimoiy soliqdan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi;
2022-yil 1-avgustdan 2025-yil 1-avgustgacha “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlari uchun aylanma soliq stavkasi 1% miqdorida belgilandi.