Ҳудудий
органлар

Oʻzbekistonning keshbek tizimini joriy etish tajribasi Qirgʻizistonlik mutaxassislar qiziqish doirasida

13/09/2023

Qirg‘iz Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq xizmati delegatsiyasi uch kunlik tashrif bilan Soliq qo‘mitasida bo‘lib turibdi.


Mutaxassislar O‘zbekistonning soliq ma’muriyatchiligi tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha tajribasini o‘rganmoqda.


Xarid qilingan tovarlar qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tizimi  (keshbek), Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi dan foydalanish, shuningdek, IT-mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash qo‘shni respublikadagi hamkasblar uchun alohida qiziqish uyg‘otmoqda.


Yig‘ilishlarda faoliyatning qonunchilik jihatlari va pul mablag‘larini qaytarish mexanizmlari, “Soliq” mobil ilovasini texnik qo‘llab-quvvatlash va boshqa resurslar va xizmatlar muhokama qilinmoqda.


Malumot uchun. Oʻtgan yilidan boshlab Qirgʻizistonda Davlat soliq xizmatining "Chekni talab qiling - sovrin yutib oling!" yutuqli lotereya o‘yini oʻtkazilmoqda. O‘zbekistonda bunday sovrinli o‘yinlar 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan.



Асосий кўрсаткичлар

Барчасини кўриш

Солиқ идораларига мурожаатлар

2024 йил II чоракда Ягона рақамга қилинган мурожаатларга берилган жавоблар бўйича қўйилган баҳолар
  • 1 баҳо
  • 2 баҳо
  • 3 баҳо
  • 4 баҳо
  • 5 баҳо
Барчасини кўриш
Фикрингизни қолдиринг
Powered by GSpeech

Энг муҳим янгиликларни биринчи бўлиб олишни xоҳлайсизми? Билдиришномаларга обуна бўлинг!

Бизга хабар юборинг