📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasida bugun soha xodimlari ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.
🔰Tadbirda boshqarmaning O‘z xavfsizligi va Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limlari boshliqlari tomonidan soha xodimlariga “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdilar.
⚡️Shuningdek, davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi portali orqali vacancy.argos.uz amalga oshirilib kelinayotganligi ham korrupsion holatlarning oldini olishdagi sa’y-harakatlarning biri ekanligi ham ta’kidlab o‘tildi.
Albatta, davlat soliq xizmati xodimlarida korrupsiyaga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.