Majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida eʼtirof etiladigan tadbirkorlik subyektlariga QQS guvohnomasi avtomatik ravishda beriladi. Bunda ularning soliq xavfi darajasi QQS guvohnomasini olishga ta'sir etmaydi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida my.soliq.uz portalining "Mening holatimni tekshirish" interaktiv xizmati orqali soliq xavfining yuqori xavf darajasianiqlanishi QQS guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib qo‘yishga asos bo‘ladi.
Yuqori xavf darajasi aniqlangan Soliq to‘lovchilar QQS guvohnomasini to‘xtatib qo‘yishdan 5 kun oldin xabardor etiladi.
Amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bo‘lishi yoki soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda mavjud bo‘lmaganlik holatlari bundan mustasno.
Ushbu 5 kunlik muddatda kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi. Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, QQS guvohnomasi to‘xtatib turiladi.