Soliq toʻlovchilar my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali ShJBPHga badallarni toʻlashda joriy hisobraqamlarning oʻzgarishi bilan bogʻliq murojaatlar kelib tushmoqda.
Shu munosabat bilan eslatib o'tamiz: shaxsiy kabinetda (my.soliq.uz) to'lovni amalga oshirishdan oldin “Yuridik shaxslarning soliqlarini to‘lash” bo‘limiga kirib “Soliq turlarini yangilash” tugmasini bosish lozim.
Agar to'lov yuqorida ko'rsatilgan tartibda hisobraqamlar yangilanmasdan amalga oshirilgan bo'lsa, to'langan mablag'larni to'g'ri aks ettirish uchun xizmat ko'rsatuvchi bankka murojaat qilish lozim.