Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasi, 85 A-uy
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4 A-uy
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 79-a-uy
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Soliq kodeksi loyihasida taklif etilayotgan normalar tadbirkorlar ishtirokida birma-bir tahlil qilindi

05/12/2019

2019 yil 5 dekabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi toʼgʼrisidagi qonun loyihasi muhokamasiga bagʼishlangan davra suhbati tashkil etildi.


Tadbirda parlament quyi palatasi deputatlari va Davlat byudjeti boshqarmasi xodimlari, Davlat soliq qoʼmitasi, Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi mutasaddi rahbarlari, tadbirkorlik subʼektlari vakillari ishtirok etdi.

Maʼlumki, soliq toʼlovchilar oʼrtasida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi boʼyicha qizgʼin muhokamalar oʼtkazilib, hujjatni yanada takomillashtirish va maromiga yetkazish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Davra suhbatida taʼkidlanganidek, Soliq kodeksi loyihasida nafaqat soliq toʼlovchilarning, balki masʼuliyati oshirilgan holda soliq organlarining ham huquq va majburiyatlari aniq hamda loʼnda belgilab berilgan.

Taklif etilayotgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida nazorat tartib-taomillari soddalashtirilgan hamda soliq tekshiruvlarining turlari 13 tadan 3 taga qisqartirilgan. Soliq organlariga “Tahlika-tahlil” asosida (inspektorning aralashuvisiz) kameral nazorat, joyiga chiqqan holda tekshirish va vakolatli organning roziligisiz soliq auditini tayinlash huquqini beruvchi soliq nazoratini oʼtkazishning yangi tartibi nazarda tutilmoqda. Bunda tekshiruvlar natijalari tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi lozim.

Soliq nizolarini sudgacha hal etish tartibi, shuningdek, soliq huquqbuzarligi turidan kelib chiqqan holda jazo choralarini belgilash aniqlashtirilgan.

Аmaldagi Soliq kodeksidan farqli ravishda hujjatning yangi tahririda soliq organlarining masʼuliyati oshirilgan va ortiqcha toʼlangan soliq summasini qaytarish va ortiqcha undirilgan soliq summasini hisobga olishni (qaytarishni) oʼz vaqtida amalga oshirish mexanizmi taklif etilmoqda.

Bunda soliq summasini qaytarishning oʼtkazib yuborilgan har bir kuni uchun soliq organi tomonidan soliq toʼlovchiga penya toʼlash koʼzda tutilmoqda. Undiruvni soliq toʼlovchiga uning debitorlari toʼlashi kerak boʼlgan summalarga qaratish tartibi bekor qilinmoqda.

Shu bilan birga, Soliq kodeksi loyihasida soliq toʼlovlarini taʼminlashning yangi dastaklarini tatbiq qilish, kollegial organlarning (komissiyalarning) ishtirokisiz pullik asosda soliq toʼlashni kechiktirish yoki boʼlib-boʼlib toʼlash imkoniyatini taqdim etish, soliq imtiyozlarini Prezident tomonidan belgilangan stavkani koʼpi bilan 50 foizga va koʼpi bilan uch yil muddatga pasaytirish koʼrinishida berish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, soliq solishdan boʼyin tovlashga qarshi normalarni, shu jumladan, “bitimlarni qayta kvalifikatsiyalash”, “soxta bitimlarni” bekor qilish, firibgarlik bitimlari boʼyicha chegirmalarni taqdim etmaslikni belgilash taklif qilinmoqda.

Soliq kodeksining loyihasi transfert narxlarning shakllanishini nazoratga olish boʼyicha normalar bilan toʼldirilgan. Transfert narxlar oʼzaro bogʼliq tomonlar oʼrtasidagi bitimlarda shakllanishini va bunday narxlar oʼzaro bogʼliq boʼlmagan shaxslar oʼrtasida qoʼllanilishi mumkin boʼlgan narxlardan farqlanishini eʼtiborga olib, “oʼzaro bogʼliq shaxslar” va “oʼzaro bogʼliq boʼlgan shaxslar oʼrtasidagi nazorat qilinadigan bitimlar” tushunchalariga taʼrif berilgan.

Kodeksda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʼida ilgari soliq solingan bunday daromad summalari boʼyicha hisobga olish mexanizmini joriy etish orqali dividendlarga pogʼonali soliq solishdan voz kechish kiritilgan.

Foizlarga toʼlov manbaida emas, balki ularni oluvchilarda (byudjet, notijorat tashkilotlari va norezidentlar bundan mustasno) soliq solish tartibi joriy etilmoqda.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solinadigan bazani soddalashtirilgan tartibda tushumning 25 foizi miqdorida belgilash huquqi berilishi kutilmoqda.

Soliq solinadigan foydani texnologik asbob-uskunalar yoki koʼchmas mulk obʼektlarini xarid qilishga yoʼnaltiriladigan mablagʼlar summasiga kamaytirish qismida imtiyozni bekor qilgan holda, ularni xarid qilishda bir yoʼla amortizatsiya chegirmalari tartibi qoʼllanilishi mumkin.

Аvans toʼlovlari boʼyicha maʼlumotnomalar bekor qilinib, ular oʼtgan chorak yakunlariga koʼra faqat yirik soliq toʼlovchilar uchun hisoblanadi.

Davra suhbatida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi toʼgʼrisidagi qonun loyihasi bilan kiritilayotgan bu kabi oʼzgarishlarning har biri atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan bir qator fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi. Аna shu takliflar asosida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi toʼgʼrisidagi qonun loyihasi yanada takomillashtirilishi maʼlum qilindi.

 

DSQ Matbuot xizmati

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2023-yil davomida Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring