- Sizdan mol-mulkni ijaraga olgan har bir kishi Soliq mobil ilovasida ijara shartnomasini tasdiqlashi kerak. Buning uchun ijaraga oluvchi “Personal xizmatlar” bo‘limiga kirib, “Ijaraga berish” - “Ko‘chmas mulkni ijaraga berish” - “Shartnomalar ro‘yxati” - “Ijaraga olingan” bandlarini tanlashi va kerakli shartnomani tasdiqlashi kerak.