2022-yil 1-iyuldan…
01.07.2025-yilga qadar OAV foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi (reklama xususiyatiga ega OAV bundan mustasno).
01.02.2025-yilga qadar “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida mehmon uylari, ovqatlanish, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar uchun quyidagi imtiyozlar qo'llaniladi:
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi barcha soliq to‘lovchilar foyda soligʻi stavkasini 7,5% va AOS stavkasini 2% miqdorida qoʻllash huquqiga ega (ilgari faqat elektron tijorat subyektlarining milliy reyestriga kiritilgan soliq to‘lovchilar uchun bo‘lgan) - O‘RQ-767-son 0505.2022-yil
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (emitent bundan mustasno) tomonidan foyda solig‘i va daromad solig‘i o‘rniga bitim summasining 0,3 foizi miqorida yig‘im to‘lanadi - PQ-90-son 17.01.2022-yil.
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun soliq va bojxona imtiyozlari bosqichma-bosqich bekor qilinadi - Ro‘yxat PF-101 3-ilovasi 08.04.2022-yil.
Foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan oshirilgan soliq stavkalari qo‘llanilmaydi.
Majburiy QQS to‘lovchisi sifatida eʼtirof etiladigan tadbirkorlik subyektlariga QQS guvohnomasi avtomatik ravishda beriladi.
2023-yil 1-martga qadar tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi.
2023-yil 1-martga qadar operatsiyalarni “E-aktiv” AAT aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.