Eslatma! 2022-yil 10-yanvar yanvar oyi uchun
- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi);
- Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 133-moddasi 12-qismi);
- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi).