Soliq to‘lovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hisobvaraq-fakturalarga tuzatish kiritish jarayonida tovar (xizmat)larga o‘zgartirish va qo‘shimchalar (yangi tovar yoki xizmat turi, MXIK) kiritish ko‘zda tutilmagan.
Shunga qaramay, soliq to‘lovchilar tomonidan tovarlar (xizmatlar) turiga o‘zgartirish kiritish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, 2022-yil yanvar-may oylarida 3 968 ta korxona tomonidan dastlabki qiymati 1 822 mlrd so‘mlik (QQS summasi 174,5 mlrd so‘m) 9 077 ta EHF rasmiylashtirilgan.
Keyinchalik, tovarlar (xizmatlar)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgan holda ushbu hisobvaraq-fakturalar qiymati 1 352,0 mlrd so‘mga (QQS summasi 164,4 mlrd so‘m) o‘zgartirilgan.
Davlat soliq xizmati organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishda belgilangan qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligini eslatib o‘tadi.