Ҳудудий
органлар

Soliq xizmati organlarida ayollar rolini oshirishga bag‘ishlangan seminar-trening

18/09/2023

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “G‘azalkent” sog‘lomlashtirish markazida 2023-yil 16 – 17-sentabr kunlari Soliq xizmati organlarida samarali mehnat qilayotgan faol xotin-qizlar ishtirokida “Yangi hayot uchun yangi O‘zbekiston uchun’’ mavzusida ikki kunlik seminar-trening o‘tkazildi. 


Tadbirda tizimda faoliyat yuritib kelayotgan 200 nafardan ortiq xotin-qiz xususan, rahbar ayollar, hududiy soliq xizmati organlaridagi xotin-qizlar bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti mas’ullari ishtirok etmoqda. 


Bevosita muloqotda ayollarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini to‘laqonli ta’minlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, gender tenglik va teng huquqlilikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi. 


Shuningdek, ayollarning salomatligini mustahkamlash va jismoniy faolligini oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi. 


Seminarning ikkinchi kunida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida namanganlik soliqchi ayollar barchadan zukko ekanligini namoyish etib I o‘rin qo‘lga kiritdi. 


Qoraqalpog‘iston soliq boshqarmasi vakilalari esa II o‘rinni egalladi. Andijon viloyati soliq boshqarmasi jamoasi III o‘rin sohibasi bo‘ldi. 


Seminar davomida soliq tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar ayollar tomonidan rahbarlik tajribalari bo‘yicha trening o‘tkazildi. 


Turli musiqali dasturlar va samimiy davra suhbatlarida soliq tizimi ayollari miriqib dam olish asnosida bilim va tajribalarini oshirish imkoniga ega bo‘ldi. 

Асосий кўрсаткичлар

Барчасини кўриш

Солиқ идораларига мурожаатлар

2024 йил II чоракда Ягона рақамга қилинган мурожаатларга берилган жавоблар бўйича қўйилган баҳолар
  • 1 баҳо
  • 2 баҳо
  • 3 баҳо
  • 4 баҳо
  • 5 баҳо
Барчасини кўриш
Фикрингизни қолдиринг
Powered by GSpeech

Энг муҳим янгиликларни биринчи бўлиб олишни xоҳлайсизми? Билдиришномаларга обуна бўлинг!

Бизга хабар юборинг