Территориальные
органы

Tashkilot ijaraga beruvchi E-ijara xizmatida ro'yxatdan o'tkazgan ijara shartnomasini tasdiqlashi kerak. Tasdiqlash jarayonida ochiladigan ushbu oyna qanday to‘ldiriladi?

13/09/2023

Yuridik shaxs jismoniy shaxsdan turar joyni ijaraga olgan taqdirda ushbu oyna ochiladi.

Fuqarolarning doimiy yashashi uchun mo‘ljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi. 

Sanoat ehtiyojlari uchun turar joy binolarini ijaraga olish taqiqlanadi.

Turar-joy binolariga boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni joylashtirishga faqat bunday binolar noturar joylar turkumiga o‘tkazilgandan keyin ruxsat etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 9-modda

Yuridik shaxs sifatida biron faoliyatini amalga oshirish uchun turar joyni ijaraga olishdan avval uy egasi turar joyni noturar joyga o‘tkazishi, so‘ngra ijara shartnomasini rasmiylashtirishi kerak. 

Yuridik shaxs o‘z xodimi yashashi uchun turar joyni ham ijaraga olishi mumkin. Bunday holda, “Xodimlar (JShShIR bo‘yicha qidirish)” qatorida ushbu turar joyda yashovchi xodim ko‘rsatiladi. 


Xodimlar JShShIRini avtomatik yuklash uchun tashkilot soliq organlariga har bir xodimning batafsil ma'lumotlari aks ettirilgan JShODS bo'yicha hisobot (5-ilova) topshirishi lozim. 

Основные показатели

Посмотреть все

Обращения в налоговые органы

Оценка полученных ответов на обращения, поступившие на единый номер во II квартале 2024 года
  • 1 оценка
  • 2 оценка
  • 3 оценка
  • 4 оценка
  • 5 оценка
Посмотреть все
Оставьте Ваше мнение
Powered by GSpeech

Хотите первым получать самые важные новости? Подпишитесь на уведомления!

Отправьте нам сообщение