Davlat soliq organlari tomonidan o‘tkazilayotgan tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida aniqlanayotgan xatoliklardan biri – soliq to‘lovchilar tomonidan foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) summalari noto‘g‘ri aks ettirish holatidir.
Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 240-satrida aks ettirilgan summalar foyda solig‘i hisob-kitobining 030-satrida to‘g‘ri aks ettirilishi lozim.
Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 296 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 116,6 mlrd so‘mlik tafovutlar aniqlangan.
👉Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p uchrayotgan boshqa xatoliklar qanday bartaraf etiladi?
👉Foydali qazilmalar qazib oluvchi soliq to‘lovchilar realizatsiya qilingan qazilmalar qiymatini QQS hisobotida to‘liq aks ettirishi lozim
👉Tahlillar – o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldini olishga xizmat qiladi.