Davlat soliq organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari hisobotlari asosida tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
Tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilmoqda. Bu esa ularda o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biri – soliq to‘lovchilar tomonidan foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida salbiy kurs farqidan olingan zarar summalari noto‘g‘ri aks ettirishdir.
Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 200-satri 6-ustunida aks ettirilgan summalarni foyda solig‘i hisobotining Xarajatlar ilovasi (2-ilova) 0115-satrida to‘g‘ri aks ettirish lozim.
Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 2 727 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 1 trln so‘mdan ortiq miqdordagi tafovutlar aniqlangan.